Gumanitar harakat - Teng imkoniyat yaratish

Missiyamiz madaniyati, dini,
yoki etnik kelib chiqishidan qatʼi nazar odamlarning hayotida ijobiy oʻzgarish yasash va ularga salohiyatini ochishda yordam berishdir.

Taʼlim va koʻnikmalarni rivojlantirish

Odamlarga taʼlim olish va kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirishga yordam beradigan loyihalarni yoʻlga qoʻyish

Xalqaro koʻmak

Mahalliy va xalqaro faoliyat koʻrsatuvchi gumanitar yordam fondlariga qoʻshilish

Bizning qarashimiz butun dunyodagi odamlar hayotining sifatini yaxshilashga ijobiy taʼsir oʻtkazishdan iborat.

Eng oxirgi gumanitar missiyalarimiz

post-image

XM Highlands maktabiga texnologiya olib keladi

Joylangan sana: 19.3.2024 09:57 GMT

Nuôi Em loyihasi bilan 2023-yil 20-dekabrdagi hamkorlik mahsuli sifatida XM Vyetnamning tog‘li mintaqasida texnologik revolutsiya yaratdi. 15 ta kompyuterni xayriya qilish orqali biz Vyetnamning Son La shahridagi oʻquvchilarning texnologiya tanqisligini hal etdik. Chieng Chung maktabiga tashrifimizda biz hududdagi oʻquvchilar duch keladigan muammolarni yaxshiroq tanishish uchun mudir va oʻqituvchilar bilan uchrashdik. Jamoamiz yana oʻquvchilarga kompyuter asoslarini va yangi texnologiyadan foydalanishni oʻrgatish orqali faol ravishda ularni qoʻllab-quvvatladi. Nuôi Em Vyetnamning olis va yaxshi rivojlanmagan hududlaridagi qiyinchiliklarga duch kelgan bolalarni aniqlash va ularni [..]

post-image

XM Misrda hayot sifatini yaxshilamoqda

Joylangan sana: 23.2.2024 09:11 GMT

2024-yil 3-yanvarda XM Qohiradagi taʼlim orqali hayot sifatini yaxshilashni maqsad qilgan xayriya tashkiloti boʻlgan “Haya Karima”ga yordam taqdim etdi. Bizning xayriyamiz taʼlim tizimining samaradorligini oshirish, kambagʻal bolalar uchun koʻproq savodxonlik sinflarini tuzish hamda maktabda xodimlarning yetarli boʻlishiga hissa qoʻshdi. “Haya Karima” haqida ”Haya Karima” (Munosib hayot) 2019-yil 22-oktabrda tashkil etilgan milliy tashabbus sanaladi. Tashkilot Misr fuqarolari hayotining sifatini oshirishni maqsad qilgan – ularga oʻz qadr-qimmatini koʻtarish va munosib hayot kechirishga yordam beradi. Bu tashabbus Misrda hayot sifatini tubdan yaxshilash ehtiyoji [..]

post-image

XM Taylandda ehtiyojmand oʻquvchilarni qoʻllaydi

Joylangan sana: 26.1.2024 09:18 GMT

Korporativ ijtimoiy mas’uliyatni jiddiy namoyish etuvchi XM yaqinda Taylandda Kelajagim, orzuimdagi karyera dasturini tashkil etdi. Rivojlanish uchun taʼlim fondi (EDF) bilan hamkorlikda dastur ehtiyojmand oʻquvchilarda eng asosiy karyera va hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlashga diqqat qaratadi. Koʻp tomonlama tashabbus bir necha asosiy komponentdan iborat. Avvalo, biz maktabni aniqlash ustida qattiq mehnat qildik, bunda loyiha oʻquvchilarning ijodkorligi va biznes koʻnikmalarini yaxshilashini taʼminlashga eʼtibor qaratildi. Keyin biz tanlangan maktabga moliyaviy koʻmak taqdim etdik, bu orqali koʻnikmalarni rivojlantirish loyihalari va keng qamrovli trening [..]

post-image

XM va We Listen Malaysia bolalarga mehr ulashadi

Joylangan sana: 23.1.2024 08:06 GMT

Kiprdagi bosh qarorgohimiz tashkil etgan iliq hamkorlikda biz Selangordagi We Listen Malaysia tashkiloti bilan Cahaya Kasih Bestari parvarish markazi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga mehr koʻrsatish kabi ezgu maqsadda kuchlarimizni birlashtirdik. Guruchdan ustritsa salati, tovuq, sovunlar, tagliklar, oʻquv anjomlari, ventilyatorlar hamda kir yuvish mashinalarigacha boʻlgan biz xayriya qilgan buyumlar yoshlarga farovonlikni taʼminlashga yordam beradi. Kipr va Gretsiyadagi jamoamiz aʼzolari Malayziyaga safar qilishdi va buyumlarni bolalarga tarqatish hamda ularning iliq munosabatiga guvoh boʻlish imkoniga ega boʻlishdi. Undan tashqari, jamoa ular bilan qiziqarli mashgʻulotlar [..]

post-image

XM va BenihBaik ehtiyojmandlarga yordam beradi

Joylangan sana: 18.1.2024 09:10 GMT

Dilga yaqin hamkorlik orqali biz yaqinda Indoneziyadagi BenihBaik bilan birgalikda Penggilingan hududidagi ehtiyojmand oilalarga quvonch olib kirishga harakat qildik. Sharqiy Jakartaning Kakung tumani, Penggilingan hududida joylashgan 50 ta kam taʼminlangan oilalarga guruch, yogʻ, choy, shakar, qahva va sardinadan iborat asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bilan qadoqlangan 50 ta quti tarqatildi. Bu amal yaxshilik va saxovatning oliy namunasi boʻlib xizmat qildi. Ushbu tashabbusni CSR amaliyotlarini muhabbat va gʻamxoʻrlik bilan amalga oshiradigan BenihBaik yordamisiz amalga oshirish imkonsiz edi, chunki ular ijtimoiy taʼsiri yuqori va [..]

post-image

XM RCHD bilan sehr va xursandchilik ulashadi

Joylangan sana: 17.1.2024 12:02 GMT

Biz yaqinda Singapurdagi Red Cross Home for the Disabled (RCHD) tashkiloti bilan birgalikda yordamga muhtojlarga xursandchilik olib kelish maqsadida “Immersiv Disney animatsiyalari koʻrgazmasiga safar” tashkil etdi. Bu xayriya tashabbusi jismoniy va aqliy nogironligi bor Red Cross uyida yashovchi 12 ta odamni ularning kayfiyatini koʻtarish va baxtini topishga yordam berish maqsadida sehr va hayratga toʻla hordiq chiqarish tadbiri orqali davolash tajribasi sifatida amalga oshirildi. RCHD bu kabi muammolarga duch kelgan odamlar uchun mamlakatdagi birinchi turar joy majmuasidir va oʻziga qaray olmaydigan [..]

post-image

XM Transparent Handsni salomatlikda dastaklaydi

Joylangan sana: 29.11.2023 08:44 GMT

Salomatlik inson hayotidagi eng muhim masala sanaladi va odamlar kasallarni davolashga imkon topa olmasligi ayanchli hol sanaladi. Pokistondagi sogʻliqni saqlash tizimini yaxshilashga urinayotgan Transparent Hands nodavlat tashkilotiga xayriya qilish bizga ulkan mamnuniyat baxsh etdi. Xayriyamiz orqali biz Transparent Hands tashkilotiga Pokistondagi sharoiti ogʻir hududlarda lagerlar joylashtirishga yordam berdik. 560 dan ortiq bemorlar bepul tibbiy maslahat, laboratoriya tekshiruvlari hamda jarrohlik amaliyotlarini olish imkoniga ega boʻlishdi. Transparent Hands Pokistondagi sogʻliqni saqlash sektoridagi eng yirik kraudfanding texnologiya platformasi sanaladi. Ular imkoniyati boʻlmagan odamlarga [..]

post-image

XM Chianjur zilzilasi jabrdiydalarini qoʻllaydi

Joylangan sana: 27.11.2023 12:45 GMT

Biz tabiatning buzg‘unchi kuchiga qarshi birga turamiz. XM nodavlat tashkiloti Human Initiative bilan hamkorlikda Chianjur zilzilasidan omon qolgan onalar va bolalarga yordam koʻrsatadi. XM va Human Initiative maxsus SAGITA nomli dasturni amalga oshirdi, uning tarjimasi “Bizning ozuqaviy doʻstlarimiz”. Maqsad bolalarga oziq-ovqat haqida taʼlim berish va ularning oziqlanishini yaxshilash. Ovqat pishirish darslarida ayollar ishtirok etishdi va ularning barchasi tuxumlar, kartoshka, yashil noʻxat, tovuq goʻshti va ezilgan chayot kabi taom qadoqlaridan bahra olishdi. Zilzila kabi katta hodisalar inson hayotini bir umrga oʻzgartirishi [..]

Vebsaytimizda sizga maksimal qulaylik yaratish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Batafsil maʼlumot oling yoki cookie sozlamalaringizni oʻzgartiring.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.