XM Maxfiylik siyosati

Tanishtirish

Kundalik biznes amaliyotlarimizning bir qismi sifatida biz mijozlar va kelajakdagi mijozlarimizdan ularga mahsulotlar va xizmatlarimizni taqdim etish hamda bu mahsulotlar va xizmatlarni taqdim etish orqali ularning ehtiyojlarini qondirishni taʼminlash hamda ularga tegishli maʼlumotlar taqdim etish maqsadida shaxsiy maʼlumotlarni toʻplashimiz talab etiladi.

Sizning maxfiyligingiz biz uchun nihoyatda muhimdir va shaxslarning maʼlumotlari va maxfiyligini himoya qilish va hurmat qilish bizning siyosatimiz sanaladi. Ushbu Maxfiylik siyosati XM Global Limited ("Kompaniya" yoki "XM Global") biz sizdan yoki uchinchi tomonlardan xizmatlar taqdim etish asnosida oladigan yoki sizning xizmatlarimiz va/yoki veb-saytimizdan (yaʼni www.xm.com), va/yoki boshqa shu kabi veb-saytlar va ilovalar, jumladan Shaxsiy kabinetdan foydalanishingiz asnosida toʻplaydigan shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday toʻplashi, foydalanishi va boshqarishini belgilab beradi. Maxfiylik siyosati yana sizni shaxsiy maʼlumotlaringizning qayta ishlanishiga oid huquqlaringiz bilan ham tanishtiradi.

Bizning Maxfiylik siyosatimiz har qanday yangi majburiyatlar va texnologiyalar, biznes amaliyotlarimizdagi oʻzgarishlar inobatga olinishini taʼminlash hamda oʻzgarayotgan huquqiy muhit bilan hamnafas boʻlishi uchun muntazam ravishda koʻrib chiqiladi. Biz saqlaydigan har qanday shaxsiy maʼlumot eng oxirgi Maxfiylik siyosatimizga asosan boshqariladi.

Agar Kompaniyaning joriy va/yoki sobiq xodimi, ishga ariza beruvchi, Kompaniya pudratchisi yoki uchinchi tomon xizmat taʼminotchisi boʻlsangiz, shaxsiy maʼlumotlaringiz mehnat shartnomangiz yoki shartnomaviy munosabatlaringiz doirasida foydalaniladi.

Ushbu Maxfiylik siyosati XM Global tomonidan oʻz mijozlari/ehtimoliy mijozlari, veb-saytga tashrif buyuruvchilar, xodimlarining shaxsiy maʼlumotlarini qayta ishlash faoliyatiga nisbatan qoʻllanadi. Ushbu Maxfiylik siyosati har qanday boshqa tashkilotlar va/yoki boshqa uchinchi tomonlar boshqaruvidagi veb-saytlarga nisbatan qoʻllanmaydi.

Biz kimmiz

XM Global Limited Moliyaviy xizmatlar komissiyasi ("FSC") tomonidan 000261/397 litsenziya raqami ostida litsenziyalangan va tartibga solinadi hamda rasman Suite 101, 63 Eve Street, Beliz shahri, Beliz manzilida joylashgan.

XM Global Limited XM Group bir qismi sanaladi. XM Group guruhidagi har bir korxona alohida Maxfiylik siyosatiga ega. Bu kabi korxonalar oʻz veb-saytini yuritadi va shu tariqa agar siz ular shaxsiy maʼlumotlaringizni qanday qayta ishlashiga qiziqsangiz, ularning tegishli saytida joylangan maxfiylik bayonotlari bilan tanishing.

Shaxsiy maʼlumotlaringizning maxfiyligini himoya qilish va daxlsizligingizni saqlash

Kompaniya uning veb-saytlariga kiruvchi har qanday foydalanuvchilarning maxfiyligini hurmat qiladi va shuning uchun har qanday mavjud va ehtimoliy mijozlar, ishga ariza beruvchilar va veb-saytga tashrif buyuruvchilarni himoyalash boʻyicha kerakli choralar koʻradi.

Kompaniya har qanday mijozlarning/ehtimoliy mijozlarning shaxsiy maʼlumotlarini tegishli maʼlumotlarni himoyalash qonunlari va qoidalariga asosan saqlaydi.

Bizda maʼlumotlaringiz hamma vaqt xavfsiz saqlanishini taʼminlaydigan zarur va tegishli texnik va tashkiliy choralar va tartib-qoidalar mavjud. Biz muntazam ravishda barcha xodimlarimiz orasida shaxsiy maʼlumotlaringiz va maxfiyligingizni taʼminlash, saqlash va hurmat qilishning ahamiyati haqida trening oʻtkazamiz va boxabarlikni oshiramiz. Shaxslarning maxfiyligining oshkor etilishi holatlarga jiddiy qaraymiz va tegishli intizomiy choralar, jumladan zarur boʻlganda, ishdan boʻshatish chorasini qoʻllaymiz. Foydalanuvchi sifatida Kompaniya veb-saytida va/yoki uning xizmatlarida roʻyxatdan oʻtayotganda bizga taqdim etadigan shaxsiy maʼlumotlaringiz roʻyxatga olingan maʼlumotlar sifatida tasniflanadi va u turli usullarda himoya qilinadi. Siz roʻyxatdan oʻtgan maʼlumotlaringizni oʻzingiz tanlagan foydalanuvchi nomi va parolni kiritgan holda Shaxsiy kabinetga kirish orqali koʻrishingiz mumkin. Parolingiz faqat sizga maʼlum ekani va uni boshqalar bilmasligi borasidagi javobgarlik faqat sizga tegishlidir. Roʻyxatga olingan maʼlumotlar xavfsiz ravishda himoyalangan joyda saqlanadi va faqat foydalanuvchi nomi va parolga ega ruxsati bor xodimlargina unga kirishi mumkin boʻladi. Barcha shaxsiy maʼlumotlar Kompaniyaga xavfsiz 128-bitli SSL ulanish orqali uzatiladi va shuning uchun bunday maʼlumotlarni ruxsati boʻlmagan tomonlarning koʻrishining oldini olish choralari koʻriladi. Kompaniyaga taqdim etilgan, ammo roʻyxatdan oʻtgan shaxsiy maʼlumot boʻlmagan maʼlumotlar ham xavfsiz joyda saqlanadi va faqat foydalanuvchi nomi va parolga ega ruxsati bor xodimlargina unga kirishi mumkin boʻladi.

Internet orqali maʼlumotlarni uzatish doim ham toʻliq xavfsiz boʻlmaydi, ammo Kompaniya shaxsiy maʼlumotlaringizni himoya qilish uchun jiddiy choralar koʻrishga bel bogʻlaydi. Sizning maʼlumotlaringizni olgandan keyin, biz noqonuniy foydalanishning oldini olish uchun tegishli tartib-qoidalar va xavfsizlik choralarini qoʻllaymiz.

Biz qanday shaxsiy maʼlumotlarni toʻplaymiz

Bizda hisob ochish uchun siz talab etilgan maʼlumotlarni toʻldirish orqali avval ariza toʻldirib, uni yuborishingiz lozim. Bu ariza shaklini toʻldirish orqali Kompaniya arizangizni baholay olishi, tegishli qonunlar va qoidalarga rioya etishi uchun sizdan shaxsiy maʼlumotlaringizni oshkor etish soʻraladi. Siz taqdim etadigan maʼlumotlardan Kompaniya oʻz xizmatlari haqida sizni boxabar qilish uchun ham foydalanishi mumkin.

Biz siz haqingizda toʻplaydigan maʼlumotlar oʻz ichiga quyidagilarni olishi mumkin:

  • ism va familiya, yashash manzili va kontakt maʼlumotlari (masalan, e-pochta manzili, telefon raqami, faks va hok.);

  • tugʻilgan sana, tugʻilgan joy, jins, fuqarolik;

  • daromadingiz va boyligingiz haqida maʼlumot, jumladan, mablagʻlaringiz, aktivlar va passivlaringiz manbasi, bank hisobi maʼlumoti, savdo bayonotlari, FATCA (xorijiy hisobni soliqqa tortish qonuni) va CRS (umumiy hisobot standarti) maʼlumoti va moliyaviy bayonotlar;

  • savdo hisobi balanslari, savdo faoliyati, soʻrovlaringiz va bizning javoblarimiz;

  • siz tanilgan davat funksioneri (PEP) ekaningiz haqidagi maʼlumot;

  • kasb va mehnat faoliyati tafsilotlari;

  • autentifikatsiya maʼlumotlari (masalan, imzo)

  • joylashuv maʼlumotlari;

  • savdo samaradorligi, bilim va tajriba;

  • pasport yoki haydovchilik guvohnomasi kabi shaxsingizni tasdiqlash uchun kerak boʻlgan maʼlumotlarni ichiga oluvchi tasdiqlash maʼlumoti (misollarga siz haqingizda ommaviy qaydlar yoki bizga bogʻliq boʻlmagan boshqa korxonalardan oladigan biografik maʼlumotlar kiradi); undan tashqari, identifikatsiya raqamlari va/yoki pasport/soliq raqamlari kabi boshqa shaxsni tasdiqlovchi maʼlumotlarni toʻplashimiz mumkin;

  • sizni aniqlash uchun alohida foydalanilgan va sizga xizmat koʻrsatishimiz uchun muhim boʻlgan savdo faoliyatingizga oid boshqa maʼlumotlar;

  • veb-saytdagi faoliyat va harakatlar.

Biz bu maʼlumotlarni oʻz tizimlarimizdan foydalanish orqali bir necha yoʻllar bilan qoʻlga kiritamiz, jumladan, veb-saytlarimiz, ilovalarimiz, hisob ochuvchi ilovalarimiz, demo roʻyxatdan oʻtish shakllarimiz, vebinar roʻyxatdan oʻtish shakllarimiz, yangiliklarga obuna boʻlish hamda mijozlarga xizmat koʻrsatish davomida taqdim etilgan maʼlumotlardan olamiz. Biz siz haqingizdagi maʼlumotlarni yana ommaviy manbalar orqali uchinchi tomonlardan olishimiz mumkin. Biz yana sizning savdo xatti-harakatlaringiz, jumladan quyidagi kabi qaydlarni saqlaymiz:

  • siz biz bilan savdo qiladigan mahsulotlar va ularning samaradorligi;

  • sizning savdongiz va kiritgan investitsiyangiz haqidagi tarixiy maʼlumotlar, jumladan investitsiya miqdori;

  • maʼlum mahsulotlar va xizmatlar uchun parametrlaringiz.

Biz vaqti-vaqti bilan sizdan ixtiyoriy taqdim etiladigan boshqa shaxsiy maʼlumotlarni soʻrashimiz mumkin (masalan, bozor tadqiqoti yoki soʻrovnomalar orqali).

Agar siz maʼlum mahsulot yoki xizmat uchun soʻrovingizni bajarish uchun talab etilgan bu maʼlumotlarni taqdim etmaslikni tanlasangiz, biz sizga talab etilgan mahsulot yoki xizmatni taqdim eta olmasligimiz mumkin.

Biz sizga taqdim etadigan xizmatlar va siz bilan biznes hamkorlik doirasidagi har qanday muloqot, elektron, telefon orqali, shaxsan uchrashish yoki boshqa shakldagi aloqani yozib olishimiz mumkin. Bu qaydlar bizning mulkimiz sanaladi va siz bilan aloqamiz isboti sifatida saqlanadi. Bunday telefon muloqotlari ogohlantirish signalisiz yoki boshqa ogohlantirishsiz yozib olinishi mumkin. Undan tashqari, siz ofislarimizga tashrif buyursangiz, biz qiyofangizni muhrlaydigan CCTV video qaydlarini olishimiz mumkin.

Ixtiyoriy taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlar

Biz bizga kerak boʻlmagan va xizmatlarimizni taqdim etish uchun talab etilmagan shaxs haqida shaxsiy maʼlumotlar olsak, ularni xavfsiz shaklda yoʻq qilamiz (basharti bunda qilish qonuniy va biz uchun oqilona qaror boʻlsa).

XMda, biz korporativ video kontentimiz hamda tegishli marketing yangiliklari hostingi, xizmat koʻrsatish va namoyish etish uchun YouTube platformasidan foydalanamiz. Batafsil maʼlumot olish uchun YouTube Xizmat shartlari va Google Maxfiylik siyosati bilan tanishing.

Ishga ariza beruvchilar

Shaxsiy maʼlumotlar xodimlar fayllarida yoki Kompaniyaning kadrlar boshqarmasi tizimlarida saqlanadi. Bizda xodimlar uchun alohida oshkor etmaslik kelishuvimiz bor va u sizga ishga kirganingizda taqdim etiladi. Tegishli shaxslar haqidagi quyidagi turdagi maʼlumotlar mos ravishda Kompaniya tomonidan saqlanadi:

  • ism, manzil, telefon raqamlari, tugʻilgan sana, e-pochta manzili, jins, oilaviy holat va hokazo;

  • ishga olish jarayonida toʻplangan rezyumelar va boshqa maʼlumotlar;

  • sobiq ish beruvchilarning tavsiyanomalari;

  • Milliy sugʻurta raqamlari;

  • Sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotlar;

  • ish lavozimi, ish tavsifi va toʻlov shkalalari;

  • xavotir xatlari va intizomiy choralar kabi xulq-atvor masalalari;

  • ichki samaradorlik maʼlumoti;

  • tibbiy yoki salomatlik tarixi/maʼlumoti;

  • soliq kodlari;

  • bandlikka oid shartlar va qoidalar;

  • trening maʼlumotlari.

Biz ishga olish jarayonida lozim deb bilgan boshqa shaxsiy maʼlumotlarni ham sizdan soʻrashimiz mumkin.

Agar ishga kirish jarayoni muvaffaqiyatsiz yakunlansa, biz sizdan maʼlumotlaringizni Kompaniyada sizga mos boshqa ishlar chiqib qolsa siz ularga ariza topshirishni maʼqul koʻrasiz degan niyatda olib qolishni soʻraymiz. Siz rozilik bermasligingiz mumkin va rozilik bermaslikning hech qanday zararli oqibati boʻlmaydi.

Shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlash uchun qonuniy asos va maqsadlar

Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni quyidagi asosda va quyidagi maqsadlarda qayta ishlashimiz mumkin:

  1. Shartnomani amalga oshirish

    Biz shaxsiy maʼlumotlarni mijozlarimiz bilan shartnomaviy asosda (yaʼni oʻz shartnomaviy majburiyatlarimizni bajarish uchun) oʻz xizmatlarimiz va mahsulotlarimiz hamda mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz haqida maʼlumot taqdim etish uchun qayta ishlaymiz. Undan tashqari, shaxsiy maʼlumotlar mijozlarni roʻyxatdan oʻtkazish/qabul qilish jarayonida qayta ishlanadi.

    Yuqoridagilardan kelib chiqib, biz sizni mijoz sifatida qabul qilishimiz uchun shaxsingizni tasdiqlashimiz lozim hamda bunday tafsilotlardan sizga eng yaxshi xizmatlarimiz taqdim etilishini taʼminlash maqsadida sizning savdo hisobingizni samarali boshqarishda foydalanishimiz lozim. Bunga bizning nomimizdan kredit yoki shaxs tekshiruvlarini oʻtkazuvchi uchinchi tomonlar kirishi mumkin. Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanish bizga sizning kim ekaningizni bilish uchun lozim, chunki biz maʼlum "Oʻz mijozingni tanib ol" va "Mijozlarning kompleks yuridik tekshiruvi" qoidalarini bajarish majburiyatiga egamiz.

  2. Qonuniy majburiyatlarni bajarish

    Biz rioya qiladigan tegishli qonunlar hamda qonuniy talablardan (masalan, pul yuvishga qarshi qonunlar, moliyaviy xizmatlar qonunlari, korporativ qonunlar, maxfiylik qonunlari va soliqqa oid qonunlar) kelib chiqadigan bir qancha yuridik majburiyatlarimiz mavjud. Undan tashqari qonun va qoidalari bizga nisbatan qoʻllanadigan turli nazorat organlari ham mavjud (masalan, FSC). Bunday majburiyatlar va talablar kredit tekshiruvlari, shaxsni tasdiqlash, toʻlovlarni qayta ishlash, sud qarorlari, soliq qonunlari va boshqa majburiyatlar va pul yuvishga qarshi nazorat amaliyotlarini bajarish uchun shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashni talab qiladi.

    Bu majburiyatlar turli vaqtlarda, jumladan mijozlarni roʻyxatdan oʻtkazish/qabul qilish, toʻlovlar va xatarlar boshqaruvi uchun muntazam tekshiruvlar vaqtida qoʻllanadi.

  3. Qonuniy manfaatlarni himoya qilish maqsadlari uchun

    Biz shaxsiy maʼlumotlarni oʻzimizning va uchinchi tomonlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qayta ishlaymiz. Qonuniy manfaat bu maʼlumotingizdan foydalanish uchun biznes yoki tijoriy sababga ega boʻlishimizdir. Shunga qaramay, bu siz uchun toʻgʻri va yaxshi boʻlgan manfaatlarga qarshi boʻlmasligi lozim. Bunday qayta ishlash harakatlariga quyidagi misollarni keltirish mumkin:

    • qonuniy daʼvolarni amalga oshirish va sud jarayonida oʻz himoyamizni shakllantirish;

    • Kompaniyaning AT va tizimlari xavfsizligi, ehtimoliy jinoyatlarning oldini olish, aktivlar xavfsizligi, kirish nazorati va uchun qoʻllaydiganimiz vositalar va tartiblar va noqonuniy kirishga qarshi choralar;

    • kamera kuzatuv tizimlarini oʻrnatish (masalan, xavfsizlik sabablariga koʻra obyektlarimizda);

    • biznes boshqaruv hamda mahsulotlar va xizmatlarni yanada rivojlantirish choralari;

    • tegishli pul yuvishga qarshi qonunlarga asosan shaxsiy maʼlumotlaringizni yangilash/tasdiqlash maqsadida shaxsiy maʼlumotlaringizni XM Group ichida ulashish;

    • tavakkalchilik boshqaruvi.

  4. Siz roziligingizni bildirdingiz

    Shaxsiy maʼlumotlaringizni saqlashimiz va foydalanishimiz roziligingizga asosan amalga oshiriladi (roziligingiz talab etilmaydigan bu siyosatda tasvirlangan yoki nazarda tutilgan sabablardan tashqari). Siz roziligingizni istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin; ammo bu rozilik qaytarib olinishidan oldingi har qanday shaxsiy maʼlumotlarning qayta ishlanishiga taʼsir etmaydi.

  5. Xizmatlar/mahsulotlarimizning mijozlarga muvofiqligini baholash

  6. Sizga mahsulotlar va xizmatlar taqdim etish yoki mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz haqida maʼlumot berish hamda joriy ehtiyojlaringizni koʻrib chiqish

    Bizda savdo hisobini muvaffaqiyatli ochganingizdan yoki yangilanish yoki vebinarga obuna boʻlgandan keyin biz xizmatlarni taqdim etish va oldingizdagi majburiyatimizni bajarish uchun shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishimiz talab etiladi. Sizga eng yaxshi xizmatlar va mahsulotlarni taqdim etishimizni taʼminlash ham qonuniy manfaatimiz sanaladi va shuning uchun vaqti-vaqti bilan biz siz eng yaxshi mahsulotlar va xizmatlarimizdan foydalanayotganingizni taʼminlash uchun ehtiyojlaringizni koʻrib chiqamiz.

  7. Mahsulotlarimiz va xizmatlarimizni, jumladan mijozlarga xizmatlarni yaxshilashga hamda yangi mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqish va sotishga yordam berish

    Vaqti-vaqti bilan biz xizmatlardan foydalanish va/yoki mijozlar soʻrovnomalari orqali bizga taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlardan mahsulotlar va xizmatlarimizni yaxshilashda foydalanishimiz mumkin. Sizga mahsulotlar va xizmatlarimizni taqdim etishda eng yuqori standartlarni taʼminlash hamda moliyaviy xizmatlar sanoatida bozor yetakchisi boʻlib qolish uchun shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanish bizning qonuniy manfaatimiz sanaladi.

    Siz har safar saytga kirganingizda biz veb-saytimizdagi tashrif buyurish faoliyati va xatti-harakatlarini kuzatamiz va olingan maʼlumotlar bizga sizga yordam kerak boʻlganda samaraliroq koʻmak berish yoki veb-saytdan foydalanishda maslahat berishga imkon beradi. Bunday maʼlumotlar sizni aniqlash uchun ishlatilmasligini bildiramiz.

  8. Siz haqingizda profil shakllantirish

    Vaqti-vaqti bilan biz xizmatlardan foydalanish va/yoki mijozlar soʻrovnomalari orqali bizga taqdim etilgan shaxsiy maʼlumotlardan mahsulotlar va xizmatlarimizni yaxshilashda foydalanishimiz mumkin. Sizga mahsulotlar va xizmatlarimizni taqdim etishda eng yuqori standartlarni taʼminlashga urinish hamda moliyaviy xizmatlar sanoatida bozor yetakchisi boʻlib qolish uchun shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanish bizning qonuniy manfaatimiz sanaladi.

  9. Soʻrovlar yoki nizolarni tekshirish va hal etish

    Biz sizdan olingan shaxsiy maʼlumotlaringizdan siz bilan yuz bergan muammolarni surishtirish va/yoki nizolarni hal etish uchun foydalanamiz, chunki muammolar va/yoki nizolarni tekshirish va vaqtida va samarali hal etish bizning qonuniy manfaatimiz sanaladi.

  10. Tegishli qonunlar, sud qarorlari, boshqa yuridik jarayonlar yoki tegishli tartibga soluvchi organning talablariga rioya qilish

    Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni har qanday tegishli qonunlar, sud qarorlari, boshqa yuridik jarayonlar yoki tegishli tartibga soluvchi organning talablariga rioya qilish uchun foydalanishimiz mumkin. Biz buni nafaqat qonuniy majburiyatlarimizni bajarish uchun, balki bundan qonuniy manfaat topganimiz uchun ham amalga oshirishimiz mumkin.

  11. Sizga soʻrovnomalar yuborish uchun

    Vaqti-vaqti bilan, biz mijozlar fikrini oʻrganishning bir qismi sifatida sizga soʻrovnomalar yuborishimiz mumkin. Bunday fikr-mulohaza soʻrashimiz sizga eng yuqori standartda xizmatlar va mahsulotlarni taqdim etishni taʼminlashga urinish uchun qonuniy manfaatimizdir. Ammo, biz gohida sizdan boshqa soʻrovnomalarda ishtirok etishni soʻrashimiz mumkin va siz bunga rozilik bersangiz, biz bu soʻrovnomaning bir qismi sifatida toʻplagan shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishga roziligingizga tayanamiz. Mijozlar fikri yoki boshqa boʻlishidan qatʼi nazar har qanday soʻrovnomaga berilgan barcha javoblar jamlanadi va soʻrovnoma natijalari uchinchi tomonlarga ulashilishidan oldin anonimlashtiriladi.

  12. Maʼlumotlar tahlili

    Veb-saytimiz sahifalari va e-pochta manzillari xabarlarning olinishini kuzatish va veb-sahifamizga tashrif buyurgan yoki xabarlarni oʻqigan odamlar sonini hisoblash maqsadida oʻz ichiga veb-mayoqlar yoki piksel teglarini yoki har qanday shu kabi maʼlumotlar tahlili vositalarini olishi mumkin. Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni (savdo tarixingiz kabi) anonim shaklda boshqa mijozlarning shaxsiy maʼlumotlari bilan birga jamlashimiz mumkin (yaʼni shaxsingizni aniqlaydigan belgilar olib tashlanadi), bundan maqsad umumiy sxemalarning toʻliqroq statistik tahlili biz tomondan yaxshiroq mahsulotlar va xizmatlar taqdim etilishiga olib kelishi mumkin.

    Agar shaxsiy maʼlumotlaringiz toʻliq anonimlashtirilsa, biz qonuniy asos soʻramaymiz, chunki maʼlumotlar ortiq shaxsiyligini yoʻqotadi. Agar shaxsiy maʼlumotlaringiz anonim shaklda boʻlmasa, biz taqdim etayotgan mahsulotlar va xizmatlar bozorga mos ekanini taʼminlashimiz uchun ushbu shaxsiy maʼlumotlarni muntazam baholash bizning qonuniy manfaatimiz sanaladi.

  13. Marketing maqsadlari

    Siz oxirgi mahsulotlar va xizmatlarimizdan doimo boxabar boʻlishingizni taʼminlash maqsadida shaxsiy maʼlumotlaringizni sizga e-pochta yoki telefon orqali yoki boshqa kelishilgan shaklda (jumladan ijtimoiy media kampaniyalari) marketing materiallarini yuborish uchun qayta ishlashimiz mumkin. Agar marketing maʼlumotlarini sizga yuborsak, buni roziligingiz asosida yoki bu bizning qonuniy manfaatimizga mos boʻlsa amalga oshiramiz.

    Biz maʼlumotlaringizni hech qanday uchinchi tomonga ulardan marketing maqsadida foydalanishi uchun oshkor etmaymiz.

  14. Ichki biznes maqsadlari va qaydlarni yuritish

    Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni ichki biznes va tadqiqot hamda qaydlarni yuritish maqsadida qayta ishlashimiz mumkin. Bu kabi qayta ishlash bizning qonuniy manfaatimiz yoʻlida amalga oshiriladi va qonuniy majburiyatlarimizni bajarishimiz uchun talab etiladi. Bunga sizga taqdim etiladigan xizmatlar va mahsulotlar doirasida siz bilan muloqotimiz va oʻzaro aloqalarimiz kiradi. Undan tashqari, biz qaydlarni siz munosabatlarimizni boshqaruvchi kelishuv boʻyicha shartnomaviy majburiyatlaringizni bajarishingizni taʼminlash uchun ham saqlaymiz.

  15. Huquqiy bildirishnomalar

    Koʻpincha qonunlar bizdan sizni mahsulotlar, xizmatlar yoki qonunlarga kiritilgan oʻzgarishlar haqida ogohlantirishimizni talab qiladi. Biz mahsulotlar yoki xizmatlarimizi xususiyatlarining shartlari oʻzgargani haqida sizni xabardor qilishimiz mumkin boʻladi. Biz sizga bu huquqiy bildirishnomalarni yuborish uchun shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashimiz lozim boʻladi. Agar bizdan bevosita marketing maʼlumotlarini olmaslikni tanlgan boʻlsangiz ham bu kabi huquqiy maʼlumotlarni olishda davom etasiz.

  16. Korporativ restrukturizatsiya

    Agar biz korporativa restrukturizatsiyadan oʻtsak yoki biznesimizning bir qismi yoki barchasini uchinchi tomon xarid qilsa, biz shaxsiy maʼlumotlaringizdan ushbu restrukturizatsiya yoki xarid qilish doirasida foydalanishimiz mumkin. Bunday foydalanishga qonuniy kelishuvlar asosida amalga oshiriladigan kompleks yuridik tekshiruv soʻrovlari yoki oshkor qilishning bir qismi sifatida maʼlumotlaringizni ulashish kirishi mumkin. Maʼlumotlaringizdan bunday shaklda foydalanish oldingizdagi har qanday qonuniy majburiyatga rioya etishimizni taʼminlagan holda qonuniy manfaatimiz sanaladi.

  17. Jismoniy xavfsizlik

    Agar siz biror obyektimizga kirsangiz, biz xavfsizlik maqsadida kuzatuv kameralari yordamida sizning qiyofangizni qayd etishimiz mumkin. Undan tashqari, biz istalgan kunda obyektlarimizga kim kirganini qayd etib borish uchun tafsilotlaringizni olishimiz mumkin. Bu xavfsiz va xotirjam mehnat muhitini taʼminlash uchun bizning qonuniy manfaatimizdagi maqsad sanaladi.

Shaxsiy maʼlumotlaringizning oshkor etilishi

Kompaniya quyidagi holatlardan tashqari hech bir mijozining konfidensial maʼlumotlarini uchinchi tomonlarga oshkor qilmasligi lozim: (a) har qanday tegishli qonunlar, qoidalar va/yoki talablarga asosan bunday qilish talab etilishi; (b) ommaga oshkor qilish majburiyati mavjud boʻlishi; (c) qonuniy biznes manfaatlarimiz ularni oshkor etishni talab etishi; yoki (d) sizning talabingiz yoki roziligingiz asosida ushbu siyosatda belgilangan shaxslarga oshkor etilishi. Kompaniya bunday oshkor etishni basharti qonunda buyurilgan boʻlmasa, "talab etilgan" darajada amalga oshirishga harakat qiladi. Shunday shartlar asosida, Kompaniya uchinchi tomonni bu kabi maʼlumotlarning maxfiy tabiati haqida xabardor qiladi.

Yuqorida bildirilgan maqsadlarda shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishning bir qismi sifatida, Kompaniya shaxsiy maʼlumotlaringizni quyidagilarga oshkor etishi mumkin:

  • XM Group istalgan aʼzosi, bu holdin kompaniyalarimizning istalgani va ularning tegishli shoʻba korxonalari bunday maʼlumotarni olishi mumkinligini anglatadi;

  • hamkorlarimiz va xizmat taʼminotchilarimiz bilan biznes maqsadlarida, jumladan biznes xizmat taʼminotchilari va bizga maʼmuriy, moliyaviy, huquqiy, soliq, muvofiqlik, sugʻurta, tadqiqot yoki boshqa xizmatlar taqdim etish uchun yollangan mutaxassis maslahatchilar kabi uchinchi tomonlar;

  • biz bilan oʻzaro biznes munosabatlarga ega biznes tanishtiruvchilar;

  • qonunga asosan biznes tomonlar, kredit taʼminotchilari, sudlar, tribunallar va tartibga soluvchi organlar;

  • Kompaniya savdo hisoblaridagi depozitlar/yechib olish masalalariga aloqador toʻlov xizmat provayderlari (PSP) va/yoki bank tashkilotlari va/yoki shu kabi masalalar surishtiruvini amalga oshirish maqsadida (masalan, uchinchi tomon depozitlari);

  • siz ruxsat etgan har qanday shaxs.

Agar Kompaniya shaxsiy maʼlumotlaringizni kartalarni qayta ishlovchi kompaniyalar yoki banklar kabi biznes tomonlarga mijozlar talab qilgan xizmatlarni taqdim etish maqsadida oshkor qilsa, bu kabi uchinchi tomonlar oʻzlarining qonuniy va boshqa majburiyatlariga rioya qilish uchun maʼlumotlaringizni saqlashi mumkin.

Odatda biz shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlaydigan yoki qabul qiladigan XM Groupdan tashqaridagi tashkilotlardan bu maʼlumotlar konfidensialligini tan olishni, har qanday shaxsning maxfiylik huquqini hurmat qilishni hamda barcha tegishli maʼlumotlarni himoya qilish qonunlari va bu Maxfiylik siyosatiga rioya qilishlarini talab qilamiz. Kredit maʼlumotlari agentligi kabi uchinchi tomon xizmat taʼminotchilari (zarurat boʻlganda) bizning nomimizdan amalga oshirilgan har qanday qidiruvni saqlashi va qidiruv tafsilotlaridan boshqa kompaniyalarning qidirishiga yordam berish uchun foydalanishi mumkin. Esda tutingki, shaxsiy maʼlumotlaringizdan maʼlumotlar nazoratchisi sifatida harakat qiluvchi uchinchi tomonlarning foydalanishi ushbu Maxfiylik siyosati bilan qamrab olinmaydi va bizning maxfiylik standartlarimiz va tartib-qoidalarimizga tayanmaydi.

Mijozlar, Kompaniya vaqti-vaqti bilan veb-saytlarimizga tashrif vaqtida yoki soʻrovnomalar kabi boshqa shaklda statistik maqsadlarda toʻplangan maʼlumotlarni Kompaniyaning biznes faoliyatini yaxshilash uchun tahlil qilishi mumkin.

Yevropa Iqtisodiy Hududidan (EEA) tashqaridagi transferlar

Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni Yevropa Iqtisodiy Hududi ichida yoki tashqarisida boshqa XM Group kompaniyalari hamda xizmat taʼminotchilariga (yaʼni Qayta ishlovchilar) uzatishimiz mumkin. Maʼlumotlaringizni EEA hududidan tashqariga uzatsak, biz bunday transfer qonuniy boʻlishini hamda uchinchi mamlakatlardagi Qayta ishlovchilar Yevropa maʼlumotlarni himoya qilish qonunlari va boshqa mamlakatlarning shu kabi qonunlariga amal qilishlarini hamda GDPR qonuni 46-moddasiga asosan maʼlumotlaringizni uzatishda tegishli xavfsizlik choralarini koʻrishlarini taʼminlaymiz. Agar maʼlumotlarni AQSHdagi qayta ishlovchilarga uzatsak, biz ayrim holatlarda tegishli standart shartnomaviy bandlar, majburiy korporativ qoidalar yoki boshqa har qanday xavfsizlik chora-tadbirlariga tayanishimiz mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, shaxsiy maʼlumotlaringiz EEA mamlakatlari ichida yoki tashqarisida biz uchun ishlaydigan XM Group xodimlari, boshqa XM Group korxonasi yoki xizmat taʼminotchilarmizdan biri tomonidan qayta ishlanishi mumkin. Bunday xodimlar, boshqa ishlar qatori, sizning soʻrovlaringizni bajarishi, toʻlov tafsilotlaringizni qayta ishlashi va yordam xizmatlarini taqdim etishi mumkin. Shaxsiy maʼlumotlaringizni taqdim etish orqali siz ushbu transfer, saqlash va qayta ishlashga rozilik berasiz. Kompaniya maʼlumotlaringizga xavfsiz hamda ushbu Maxfiylik siyosatiga asosan munosabatda boʻlinishi uchun barcha kerakli choralarni amalga oshiradi.

Xizmatlarimizdan foydalanganingizga oid toʻplangan maʼlumotlar

Kompaniyaning veb-saytlarida foydalaniladigan treking tizimlari mijozlar/ehtimoliy mijozlarga taqdim etiladigan xizmatlarni optimallashtirish uchun shaxsiy maʼlumotlaringizni toʻplashi mumkin. Veb-sayt maʼlumotlarni quyidagicha toʻplaydi:

  • Qurilma maʼlumotlari

    Sizning Kompaniya veb-saytlariga kirish va foydalanishda qoʻllangan qurilmangizni tanish orqali, biz sizga veb-saytlarimizning mos variantini taqdim etamiz.

  • Jurnal maʼlumotlari

    Veb-saytdagi ayrim xatti-harakatlarni qayd etish kompaniyaga foydalanuvchining harakatlarini kuzatish va shu orqali har qanday muammolarni bartaraf etish imkonini beradi.

  • Joylashuv maʼlumotlari

    IP-manzilingizdan foydalanish bizga mamlakatingizga qarab taqdim etadigan veb-sayt kontentimizni lokalizatsiya qilish hamda saytlarimizdan foydalanish qulayligini yaxshilash imkonini beradi.

  • Cookie-fayllar

    Cookie-fayllar veb-saytimizdan brauzeringizga yuboriladigan va kompyteringizning qattiq diskida saqlanadigan kichik miqdordagi maʼlumotlarga ega matnli fayllardir. Cookie-fayllar bizga veb-saytlarimizni va veb-saytimizga tashrif buyuruvchilarning tajribasini yaxshilash, sizni yoʻnaltirganlarni aniqlash va kelajakdagi reklama kampaniyalarimizni yaxshilashga yordam beradi.

  • Mahalliy saqlash

    Siz savdo hisobingizni faollashtirish uchun tasdiqlovchi hujjatlaringizni bizga Kompaniyaning shaxsiy kabineti orqali taqdim etishingiz lozim. Bu hujjatlar xavfsiz 128-bitli SSL ulanish orqali yuboriladi va xavfsiz joyda saqlanadi.

Cookie-fayllar

Internet cookie-fayllari veb-saytlarimizdan brauzeringizga yuboriladigan va siz veb-saytimizdan foydalanganda kompyuteringizning qattiq diskida saqlanadigan maʼlumotlarning kichik qismlaridir va ular oʻz ichiga oʻziga xos identifikatsiya raqamini oladi. Bunday maʼlumotlarni toʻplashdan maqsad sizga veb-saytimizda koʻproq dolzarb va samarali maʼlumotlar taqdim etish, jumladan veb sahifalarimizni sizning ehtiyojlaringiz yoki parametrlaringiz asosida namoyish etishdir.

Cookie-fayllar koʻplab veb-saytlarda qoʻllanadi va siz brauzeringiz sozlamalarini oʻzgartirgan holda ularni qanday qabul qilishni tanlashingiz mumkin. Agar brauzeringizda cookie-fayllarni qabul qilishni rad etsangiz, veb-saytimizning ayrim boʻlimlariga, jumladan, Kompaniyaning shaxsiy kabinetiga va boshqa xavfsiz hududlariga kira olmasligingiz mumkin. Shu sababli, barcha onlayn xizmatlardan foydalana olishingiz uchun cookie-fayllarni qabul qilishni yoqishingizni tavsiya etamiz.

Bundan tashqari, biz cookie-fayllardan veb-saytimizga avval tashrif buyurgan va mahsulotlarimiz va xizmatlarimizga qiziqish bildirgan foydalanuvchilar bilan bogʻlanish imkoniga ega boʻlish uchun qayta marketing xususiyatlari maqsadida foydalanamiz. Vaqti-vaqti bilan, biz Google va AdRoll kabi uchinchi tomonlar xizmatidan veb-saytimizdan avvalgi foydalanishingizga qarab sizga Internetda reklamamizni koʻrsatishda foydalanamiz. Siz Google reklama sozlamalari sahifasiga va DoubleClick bekor qilish sahifasiga kirib istalgan vaqtda bu cookie-fayllarni bekor qilishingiz mumkin yoki ular keyinchalik bu vositalarni yangilashi mumkin.

Kompaniya seans ID cookie-fayllari va doimiy cookie-fayllardan foydalanadi. Seans ID cookie-fayllari maʼlum vaqt oʻtgach yoki brauzer yopilganda amal qilishdan toʻxtaydi. Doimiy cookie-fayllar qattiq diskingizda uzoqroq muddat qoladi. Siz doimiy cookie-fayllarni veb-brauzeringizning "Yordam" faylidagi koʻrsatmalarga amal qilgan holda olib tashlashingiz mumkin.

Cookie-fayllarga oid siyosatimiz va cookie-fayllarimiz qanday ishlashi haqida batafsil maʼlumot uchun bizning bu yerdagi Cookie-fayllar siyosatimiz bilan tanishing.

Roziligingizni qanday olamiz

Shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanish uchun roziligingizni olish talab etilganda, bunday rozilik bizning biznes munosabatlarimizni boshqaradigan (veb-saytimizda keltirilgan va vaqti-vaqti bilan oʻzgaradigan) aniq yozilgan shartlar orqali taqdim etiladi.

Agar biz roziligingizga shaxsiy maʼlumotlaringizni saqlash va qayta ishlash uchun qonuniy asos sifatida tayansak, siz biz bilan ushbu Maxfiylik siyosatida yozilgan kontakt maʼlumotlari orqali bogʻlanib bu rozilikni istalgan vaqtda qaytarib olishingiz mumkin.

Shaxsiy maʼlumotlaringizning saqlanishi va ushlab turilish muddati

Biz bilan shaxsan, telefon orqali, pochta orqali, Internet orqali yoki boshqa elektron shaklda aloqa qilishingizdan qatʼi nazar, maʼlumotlaringiz maxfiyligini himoyalash biz uchun oʻta muhim. Biz shaxsiy maʼlumotlaringizni xavfsiz kompyuter xotirasi, qogʻoz fayllar va boshqa qaydlar birikmasi shaklida siz bilan biznes hamkorligimiz davom etgan muddatgacha saqlaymiz va shaxsiy maʼlumotlarni notoʻgʻri foydalanish, yoʻqotish, noqonuniy kirish, oʻzgartirish yoki oshkor etishdan himoyalash uchun kerakli choralarni koʻramiz.

Shaxsiy maʼlumotlar ular toʻplangan maqsad uchun ortiq kerak emas deb hisoblaganimzida, biz shaxsingizni aniqlaydigan har qanday tafsilotlarni oʻchiramiz yoki xavfsiz shaklda qaydlarni yoʻq qilamiz. Ammo, biz qaydlarni sezilarli muddat davomida saqlashimiz talab etilishi mumkin. Masalan, biz maʼlum pul yuvishga qarshi qonunlarga boʻysunamiz va ularga koʻra biznes munosabatlar yakuniga yetgandan keyin ham quyidagi maʼlumotlarni besh (5) yil davomida saqlash talab etiladi:

  • mijozlarga oid kompleks yuridik tekshiruv majburiyatlarimizni bajarish uchun foydalanganimiz hujjatlarning nusxasi;

  • siz bilan amalga oshirilgan tranzaksiyalarning hamda sizning biz bilan munosabatingizning dalillari va qaydlari.

Undan tashqari, biz qayd etilgan muloqot shaklida, telefon orqali, elektron shaklda, shaxsan uchrashish yoki boshqa shaklda saqlaydigan shaxsiy maʼlumotlar mahalliy qonun talablariga asosan saqlanadi (yaʼni oʻzaro biznes munosabatlarimiz yakuniga yetgandan keyin 5 davomida yoki agar qonuniy manfaatlaringiz boʻlsa (siz bilan nizoni hal etish kabi) undan uzoqroq muddat saqlanadi). Agar siz marketing maʼlumotlarini olishdan voz kechgan boʻlsangiz, biz tafsilotlaringizni bloklash roʻyxatida siz bunday maʼlumotlarni olishni istamasligingizni bilishimiz uchun saqlaymiz.

Agar huquqiy, tartibga solish yoki texnik sabablarga koʻra maʼlumotlaringizni oʻchira olmasak, ularni 5 yildan uzoqroq saqlashimiz mumkin.

Sizning shaxsiy maʼlumotlaringizga oid huquqlaringiz

Siz haqingizda saqlaydigan shaxsiy maʼlumotlarga nisbatan mavjud huquqlaringiz quyida sanab oʻtilgan. Siz ushbu huquqlardan bizga dpo@xmglobal.com manziliga yozgan holda foydalanishingiz mumkin.

Axborot va foydalanish imkoniyati

Agar bizdan soʻrasangiz, biz shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlayotganimiz yoki yoʻqligini, va shunday boʻlsa qanday maʼlumotlarni qayta ishlayotganimizni tasdiqlaymiz hamda talab qilsangiz, talab qilingan kundan boshlab oʻttiz (30) kun ichida shaxsiy maʼlumotlarning nusxasini sizga taqdim etamiz. Agar qoʻshimcha nusxalar talab etsangiz, biz maʼlum miqdorda maʼmuriy toʻlov olishimiz mumkin.

Xatolarni tuzatish

Shaxsiy maʼlumotlaringiz yangi ekani biz uchun muhim. Biz shaxsiy maʼlumotlaringiz aniq, toʻliq va yangilangan holatda saqlanishi uchun tegishli ishlarni amalga oshiramiz. Agar siz haqingizdagi bizdagi shaxsiy maʼlumotlar noaniq yoki toʻliq boʻlmasa, sizning ularni tuzatishga haqqingiz bor. Agar shaxsiy maʼlumotlaringizni boshqalarga oshkor qilgan boʻlsak, biz ularga imkon darajasida tuzatishlar amalga oshirilgani haqida xabar beramiz. Agar bizdan soʻrasangiz va agar buning imkoni boʻlsa va qonuniy boʻlsa, biz sizni shaxsiy maʼlumotlaringizni kimga ulashganimiz haqida xabardor qilamiz va siz ular bilan bevosita bogʻlanishingiz mumkin boʻladi.

Siz istalgan vaqtda support@xmglobal.com orqali yozib bizga shaxsiy maʼlumotlaringiz oʻzgargani haqida xabar berishingiz mumkin. Kompaniya koʻrsatmalarga asosan shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻzgartiradi. Bunday soʻrovlarni bajarish uchun biz baʼzan isbot sifatida qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrashimiz mumkin, yaʼni tartibga solish yoki qonuniy maqsadlarda saqlashimiz talab etiladigan shaxsiy maʼlumotlar.

Oʻchirish

Basharti bizda maʼlumotlarni ushlab qolish uchun qonuniy majburiyatimiz boʻlmasa, ular ortiq kerak boʻlmaganda yoki siz roziligingizni qaytarib olishingiz (agar mumkin boʻlsa) kabi holatlarda siz bizdan shaxsiy maʼlumotlaringizni oʻchirish yoki olib tashlashni soʻrashingiz mumkin. Bunday talab tegishli qonunlar va tartiblarga asosan rioya etishimiz lozim boʻlgan har qanday ushlab turish cheklovlari hamda "Shaxsiy maʼlumotlaringizni saqlash va ushlab turish davri" boʻlimidan kelib chiqib bajariladi. Agar shaxsiy maʼlumotlaringizni boshqalarga oshkor qilgan boʻlsak, biz ularga imkon darajasida oʻchirishlar amalga oshirilgani haqida xabar beramiz. Agar bizdan soʻrasangiz va agar buning imkoni boʻlsa va qonuniy boʻlsa, biz sizni shaxsiy maʼlumotlaringizni kimga ulashganimiz haqida xabardor qilamiz va siz ular bilan bevosita bogʻlanishingiz mumkin boʻladi.

Qayta ishlash cheklovlari

Agar siz shaxsiy maʼlumotlarning aniqligi borasida tortishishngiz yoki qayta ishlashimizga qarshi boʻlishingiz kabi holatlarda bizdan shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlashni "bloklashni" yoki toʻxtatishni soʻrashingiz mumkin. Bu shaxsiy maʼlumotlaringizni saqlashimizdan toʻsmaydi. Talab etilgan cheklovlarga rozilik bermaslikka qaror qilsak, buni amalga oshirishdan oldin sizga xabar beramiz. Agar shaxsiy maʼlumotlaringizni boshqalarga oshkor qilgan boʻlsak, biz cheklovlar haqida xabar beramiz. Agar bizdan soʻrasangiz va agar buning imkoni boʻlsa va qonuniy boʻlsa, biz sizni shaxsiy maʼlumotlaringizni kimga ulashganimiz haqida xabardor qilamiz va siz ular bilan bevosita bogʻlanishingiz mumkin boʻladi.

Maʼlumotlarning koʻchirilish qobiliyati

Umumiy maʼlumotlar himoyasi qonuniga (679/2016) asosan, siz maʼlum holatlarda bizga taqdim etgan shaxsiy maʼlumotlaringizni olish (tizimli, umumiy shaklda foydalaniladigan va mashina oʻqiy oladigan formatda) va boshqa joyda qayta foydalanish yoki bizdan oʻzingiz tanlagan uchinchi tomonga oʻtkazishni talab etish huquqiga egasiz.

Eʼtiroz

Siz bizdan shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlashimizni toʻxtatishni soʻrashingiz mumkin va biz quyidagi holatda buni bajaramiz:

  • shaxsiy maʼlumotlaringizni qayta ishlash uchun oʻzimizning yoki boshqalarning qonuniy manfaatlariga tayanayotgan boʻlsak, agar biz qayta ishlash uchun jiddiy qonuniy asoslarni koʻrsata olishimiz bundan mustasno;

  • shaxsiy maʼlumotlaringizni bevosita marketing maqsadlarida qayta ishlayotgan boʻlsak; yoki

  • shaxsiy maʼlumotlaringizni tadqiqot uchun qayta ishlayotgan boʻlsak, basharti biz bunday qayta ishlash jamoatchilik manfaati uchun bajariladigan vazifa uchun zarur yoki maqbul deb hisoblamasak (tartibga soluvchi yoki huquqni muhofaza qiluvchi organi talabi kabi).

Avtomatik qaror qabul qilish va profil yaratish

Agar biz faqatgina avtomatik jarayonlarga (masalan, avtomatik profil tekshiruvi) asoslanib siz haqingizda qaror chiqargan boʻlsak va bu sizning xizmatlardan foydalanish imkoniyatingizga taʼsir etsa yoki boshqa jiddiy taʼsirga ega boʻlsa, biz bunday qaror oramizda shartnoma tuzish va uni amalga oshirish uchun zarurligini namoyish etmagan boʻlsak, siz bunday qarorga suyanmaslikni bizdan soʻrashingiz mumkin. Hatto bu kabi qaror shartnoma tuzish yoki uni amalga oshirish uchun zarur boʻlsa ham, siz bu qarorga qarshi munosabat bildirishingiz va inson aralashuvini talab etishingiz mumkin.Agar biz bunday soʻrovga rozilik bersak (yaʼni, siz bilan munosabatni toʻxtatsak), biz sizga xizmatlar yoki mahsulotlarimizni taklif eta olmasligimiz mumkin.

Shaxsiy maʼlumotlar toʻplanishidan voz kechish tanlovi

Agar biz shaxsiy maʼlumotlaringizdan foydalanishimizni istamasangiz, siz bu haqida dpo@xmglobal.com manziliga yozib Kompaniyani xabardor qilishingiz lozim. Agar siz shunday qilsangiz, biz siz talab qilgan maʼlumotlar, xizmatlar va/yoki mahsulotlarni taqdim eta olmasligimiz mumkin va bu borada bizda majburiyat boʻlmaydi.

Yuridik javobgarlikni rad etish

Kompaniya shaxsingizni aniqlovchi maʼlumotlarni qonunlar va qoidalar talab qilganda va Kompaniya bunday oshkor qilish huquqlarimiz himoyasi va/yoki har qanday tergov harakatlari, sud qarorlari, sud jarayonlari yoki hukumat, hukumatlararo yoki boshqa nazorat organlari talablarini bajarish uchun zarur deb ishonganda oshkor etishi mumkin. Kompaniya oʻzining nazorati ostida yoki kirish imkoniyatiga ega boʻlmagan Kompaniya veb-saytidagi shaxsiy maʼlumotlarning notoʻgʻri foydalanilgani yoki yoʻqotilishi uchun javobgar boʻlmaydi. Kompaniya parollaringizdan notoʻgʻri foydalanishingiz yoki notoʻgʻri kiritishingiz, eʼtiborsizligingiz yoki yovuz niyatda tizimga kirishingiz va/yoki boshqa harakatlaringiz yoki unutishingiz yoki siz ruxsat bergan boshqa shaxsning (bunday ruxsat bizning oʻzaro huquqiy munosabatlarimiz shartlari asosida berilgan boʻlishidan qatʼi nazar) shunday harakatlari tufayli shaxsiy maʼlumotlaringizning noqonuniy va ruxsat etilmagan shaklda foydalanilishi uchun javobgar boʻlmaydi.

Ushbu Maxfiylik siyosatidagi oʻzgarishlar

Bizning Maxfiylik siyosatimiz har qanday yangi qonunlar va texnologiyalar, biznes amaliyotlarimizdagi oʻzgarishlar inobatga olinishini taʼminlash hamda oʻzgarayotgan huquqiy muhit bilan hamnafas boʻlishi uchun muntazam ravishda koʻrib chiqiladi.

Agar biz Maxfiylik siyosatimizni oʻzgartirishga qaror qilsak, biz bu oʻzgarishlarni siz bizning qanday maʼlumotlarni toʻplashimiz, ulardan qanday va qaysi shartlarda foydalanishimiz hamda qanday oshkor etishimizdan boxabar boʻlishingiz uchun ushbu Maxfiylik siyosatiga va boshqa maqbul deb topgan joylarga kiritamiz.

Agar sizda shikoyat boʻlsa

Agar sizda maxfiylikka doir amaliyotlarimiz borasida biror xavotir boʻlsa, shikoyat kiritishingiz mumkin. Biz uni qisqa muddatda koʻrib chiqamiz. Shikoyat kiritish uchun biz bilan complaints@xmglobal.com orqali bogʻlaning.

Biz bilan qanday bogʻlanish mumkin

Agar bu Maxfiylik siyosati boʻyicha biror savolingiz boʻlsa, bizga support@xmglobal.com yoki dpo@xmglobal.com orqali yozing.

Vebsaytimizda sizga maksimal qulaylik yaratish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Batafsil maʼlumot oling yoki cookie sozlamalaringizni oʻzgartiring.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.