Ijro siyosati

Takroriy kotirovkalarsiz va real vaqtda bajarish orqali foreks savdosi bilan shugʻullaning.
Har qanday qurilmaga mos keladigan 10 ta savdo platformalari orasidan tanlang.

Afsonaviy XM bajarish sifati

XM 2010-yildan beri takroriy kotirovkalarsiz va buyruqlarning rad etilmasligi siyosatini birinchilardan boʻlib amalga oshirib kelmoqda. Biz buyruqlarning 100% bajarilishini va barcha buyruqlarning 99.35% 1 sekunddan kam vaqt ichida bajarilishini taklif etamiz.

Buyruq joylash

Bizning savdo platformamiz bozor, cheklov, toʻxtatish va sirpanuvchi toʻxtatish buyruqlari bilan ishlaydi va siz savdo soatlari davomida istalgan vaqtda buyruq kiritish erkinligiga egasiz. Agar telefon qilish va dilerlarimizdan birortasi bilan bevosita gaplashish orqali savdo qilishni afzal koʻrsangiz, XMda buni ham bajarish mumkin. Pozitsiyangiz savdoni yopish buyrugʻi berilmaguncha ochiq saqlanadi; boz ustiga, hisobingiz balansi joriy bozor narxlariga qarab real vaqtda yangilanib boradi.

Punktlar shaklida fraksion narx shakllantirish yordamida siz torroq spredlar savdosi bilan shugʻullanishingiz va eng aniq kotirovkalarga ega boʻlishingiz mumkin.

Eʼtibor beringki, siz bir vaqtning oʻzida to 300 tagacha pozitsiya ochishingiz mumkin (bitta mijozga, jumladan kutayotgan buyruqlar).

Bozor buyruqlarini bajarish

XMda siz bitta bosishda 5 millionta savdoni amalga oshirishingiz mumkin chunki biz 50 lotgacha (5 million) bozor buyruqlarini bajarishga kafolat beramiz. Ammo, agar siz bundan ham kattaroq miqdorda savdo qilmoqchi boʻlsangiz, siz buyruqni kichikroq savdo oʻlchamlariga boʻlishingiz mumkin.

Zararni toʻxtatish va cheklash buyruqlarini bajarish

XM kompaniyasida biz risklarni boshqarishdagi zararni toʻxtatish va cheklov buyruqlarining muhimligini tushunamiz, shuning uchun biz eng yaxshi bozor narxlarida to 50 ta lotgacha har ikki turdagi buyruqlarni bajarishga kafolat beramiz.

Bayramlar va dam olish kunlari bajarish

Jumadan yakshanba kungi ochilishgacha bozorda intervallar yuz bersa, XM tegishli pozitsiya oʻlchami uchun birinchi mavjud bozor narxida barcha kutayotgan cheklov yoki zararni toʻxtatish buyruqlarini bajaradi.

Oʻzgaruvchan yoki nolikvid bozorda savdo

Oʻzining hushyorligi va turli likvidlik provayderlari bilan biznes hamkorlik sharofati bilan, XM sizga oʻzgaruvchan bozor sharoitlarida ham eng yaxshi bozor narxlarida buyruqlarni bajarish orqali eng yaxshi xizmatni taqdim etishni maqsad qilgan.

Batafsil maʼlumot bizning Buyruqlarni bajarish siyosatida keltirilgan.

Vebsaytimizda sizga maksimal qulaylik yaratish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Batafsil maʼlumot oling yoki cookie sozlamalaringizni oʻzgartiring.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.